Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real" Kazemiroga Frantsiyadan o‘rinbosar topib qo‘ydi


"Renn" klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga "Real Madrid" Madridning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “Qirollik klubi” 17 yoshli frantsuzni o‘zining braziliyalik xavbeki Kazemiroga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda. Ushbu transfer esa madridliklarga taxminan 50-60 mln evroga tushishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Kamavinga “Renn” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U shu kungacha asosiy jamoada 39 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Manba: www.sports.es


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Eduardo Kamavinga, Renn
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Karlos Kazemiro | "Osasuna"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi. U (8.1 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.