Agent: Beylga Xitoy klubidan taklif bor edi
- » Yangiliklar
- 15-02-2020, 09:43
- 141
"Real Madrid" hujumchisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett mijozi uchun Xitoy klubidan taklif bo‘lganini aytib o‘tdi.
Xabarlarga ko‘ra, 30 yoshli uelslik futbolchi "Real Madrid"dan ketishga yaqin bo‘lgan, biroq madridliklar rad javobini bergan.
"Beylga rad qilib bo‘lmas taklifda bo‘lishdi, ammo "Real Madrid" uni sotishdan voz kechdi. Garet bilan Xitoy uchun yaxshi rejalar tuzib chiqdik, unga bu taklif juda yoqqan edi. Agar Xitoy klubi bilan shartnoma imzolaganimizda Beyl dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanar edi.
"Real Madrid" uni sotmadi, u Madridda qoldi. Bu klubda u barcha unvonlarni bir necha marotaba qo‘lga kiritdi. Xitoy voqeasi ortda qoldi, hozir u "Real" futbolchisi", - deydi Barnett.
Manba: www.sport.es

Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Garet Beyl, Xitoy
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish