Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan: “Azar 100 foiz tayyor”


“Real Madrid” ustozi Zinedin Zidan La Liga 24-turi doirasida 16 fevral kuni bo'lib o'tadigan “Selta”ga qarshi o'yin oldidan jarohatini tiklab safga qaytgan Eden Azar haqida fikr bildirdi.

“Azar qanchalik muhimligini barcha biladi va shu bois uni olib keldik. U ajoyib futbolchi. Uning qaytganidan esa xursandmiz. U 3 oy o'ynamadi va bu oson emas. Jismoniy jihatdan u butunlay sog'lom va o'ynashga tayyor ammo barchasi uchrashuv holati hamda uning kechishiga bog'liq. U bizga qanday yordam berishini bilamiz. Jarohati bois Azarni 3 oyga yo'qotish oson bo'lmadi. O'zi esa qaytganidan xursand. Albatta, unga vaqt kerak va biz uning yuz foiz qaytishga tayyorligiga ishonch hosil qildik. U ertaga maydonga tushishga shay holatda”, – deydi Zidan.

Manba: www.championat.asia


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Eden Azar, Zinedin Zidan
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Karlos Kazemiro | "Osasuna"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi. U (8.1 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.