Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Zidan: "2 ochko yo‘qotganimiz xafa qildi, ammo o‘yinimizdan qoniqdim"


"Real Madrid" bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liganing 24-turidan o‘rin olgan "Selta"ga qarshi bahsdan so‘ng (2:2) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"2 ochkodan mahrum bo‘lganimizdan xafa bo‘ldim, ammo maydondagi harakatlarimizdan qoniqdim.

Uyda ochko yo‘qotdik. Qaytish oson emas edi. Raqib buni uddaladi, Denis Suares ajoyib uzatma berdi.

Har doim o‘yinda bo‘lish qiyin. Doim ham yaxshi himoyalana olmaysiz, lekin umuman olganda himoyada hammasi yomon emas.

Azar? Qaytganidan mamnunman. U rejalashtirilganidek 70 daqiqa o‘ynadi va yaxshi harakat qildi", – deb Zidanning so‘zlarini keltiradi As.


Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Zinedin Zidan, Selta Vigo
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.