Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Eshitdik-da. Ramos "Real"ga shart qo'ydi


Madridning "Real" klubi va himoyachi Serxio Ramos shartnoma muddatini uzaytirish borasida muzokaraga kirishdi, deya xabar bermoqda Marca.

Manbada yozilishicha, 33 yoshli ispaniyalik himoyachi klub oldiga shartnomani 2023 yilgacha uzaytirish shartini qo‘ygan. "Qirollik klubi" esa yoshi katta futbolchilarga nisbatan klub siyosati bois, Ramos bilan shartnomani ikki yil emas, bir yilga uzaytirmoqchi.

Ramos 2022 yilgi jahon chempionati oldidan bor e’tiborini faqat mundialga qaratishni istayotganligi bois, 2021 yilda yakuniga yetadigan shartnomasini hozirdanoq uzaytirilishini xohlamoqda. Nashrning qayd etishicha, tomonlar yaqin haftalar ichida kelishuvga erishishlari kutilayapti.

Ma’lumot uchun, Ramos ushbu mavsumda La Liga doirasida 21 o‘yinda maydonga tushib, 4ta golga mualliflik qildi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Serxio Ramos
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.