Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Figu: "Mbappening qo‘lga kiritilishi "Real" uchun katta yutuq bo‘lardi"


"Barselona" va "Real Madrid"ning sobiq futbolchisi Luish Figu "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappening Madrid klubiga o‘tishi ehtimoli haqida gapirdi.

"Yetarlicha fazilatlarga ega bo‘lgan o‘yinchi uchun yosh hech narsani anglatmaydi. Eng muhimi, u futbolga bo‘lgan ishtiyoqini his qilishda davom etmoqda, har kuni yaxshilanishni xohlamoqda. Shular tufayli u o‘zi xohlagan narsasiga erishishi mumkin.

Mbappe – dunyoning eng yaxshi va qimmat o‘yinchilaridan biri. U moliyaviy muammosi bo‘lmagan jamoada o‘ynaydi. Mbappening transferi amalga oshadimi yoki yo‘qmi, bilmayman. Ammo uning o‘tishi "Real Madrid" uchun katta yutuq bo‘lardi", – deb Figuning so‘zlarini keltiradi RMC Sport.


Bu mavsumda 21 yoshli hujumchi Fransiya chempionatida 18ta o‘yin o‘tkazib, 15ta gol urdi va 5ta golga assistentlik qildi. Avvalroq bir necha bor uning "Real Madrid"ga o‘tishi haqida aytilgandi.

Manba: www.sport.es


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid, Killian Mbappe, PSJ, Luish Figu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.