Luis Muriel: "Real" jarohatlarga qaramay, jahonda eng yaxshilardan biri bo'lib qolaveradi"


Bugun ECHL 1/8 final doirasida "Atalanta" Madridning "Real" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

"Bizning yaqqol, yorqin uslubimiz bor. Biz qanday futbol ko'rsatmoqchiligimizni yaxshi tushunganimiz uchun ham ko'plab gollar urishga erishyapmiz.

"Real"ning oxirgi o'yinlarini ko'rdik. Raqibingizni o'rganmaslik, uning bugungi holati haqida tasavvurga ega bo'lmaslik xato bo'ladi.

Ularda ko'plab futbolchilar jarohatlangan. Biroq "Real" doim "Real" bo'lib qoladi. Ushbu musobaqada madridliklar qanday holatda bo'lmasin, oxirigacha kurashadi va dunyoning eng kuchli klublaridan biri hisoblanadi, – dedi Muriel.

Manba: www.championat.asia


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.