"Real" prezidenti Varanning kelajagi haqida gapirdi

Madridning "Real" klubi prezidenti Florentino Peres franciyalik himoyachi Rafael Varanning klubdan ehtimoliy ketishi haqida gapirdi.

"Hali biz Rafaelning transferi borasida birorta rasmiy taklif olganimiz yo'q. Ayni damda u Evro-2020da o'ynamoqda, musobaqa yakunlanganidan so'ng vaziyatni muhokama qilamiz.

Agar Varan haqiqatdan ham jamoasini o'zgartirishga qaror qilgan bo'lsa, u bizga bu haqda xabar qiladi", - deydi rahbar.

Eslatib o'tamiz, Varanning "qirollik klubi" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Manba: CA


2 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.