Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama: Sayt rivoji uchun

Janluiji Buffon: Ronaldu va Benzema tushlarimga kirmayapti


"Yuventus" posboni Janluiji Buffon ECHL finalidan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

"Ajoyib qo'llab quvvatlashni his qilayapmiz. "Real" bilan o'yinda bor kuchimiz bilan o'ynashimiz kerak.

G'alaba bizga quvonch bag'ishlaydi. Ronaldu – barcha uchun namuna. Men 39 yoshdaman, ruhiy tomonlama o'sishim kerakligini bilaman. Dani va Ronaldu kabi futbolchilar ko'p narsa yutishgan. Ularning orasida ekanligimdan xursandman.

O'z kuchimizga ishonamiz, ammo osmonlarda uchmayapmiz. "Real" finallarda g'olib chiqishga o'rganib qolgan, biz esa ko'p bor finalda yutqazganmiz. Tarixni o'zgartirish uchun imkoniyat bor".

Janluiji Buffon: Ronaldu va Benzema tushlarimga kirmayapti

"Ronaldu va Benzema tushlarimga kirmayapti. Aks holda "Real"ning qolgan barcha futbolchilari ham tushimga kirardi. Bir tun etmagan bo'lardi!

2006 yilgi JCH finali o'tganiga 11 yil o'tdi, Zidan "Real"ni boshqarayotganidan xayron bo'lmadim. O'z sifatlarini yo'qotmadi, u – g'olib. Futbolchilik vaqtida g'olib edi, murabbiy bo'lib ham shunday bo'lib qolgan. Umid qilamanki ertaga g'olib bo'lmaydi. Ammo bu uning obro'siga putur etkazmaydi",
– deydi Buffon.

Manba: CA



» Teg: Janluiji Buffon |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishingizni so`raymiz.
Hoziroq:
Ro`yxatdan o`tish
Tavsiya qilamiz
Hafta futbolchisi
Isko Alarkon,"Malaga"ga qarshi uchrashuvda jarima zarbasidan unumli foydalanib gol urdi va bitta golga uzatma berdi.