Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa

Massimiliano Allegri: "Tarixni unutinglar, oldinda yangi o'yin turibdi"

"Yuventus" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri "Real"ga qarshi ECHL finalidan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

"Tinch va xotirjam o'ynaymiz. Butun yil mana shu uchun ishladik. Oson bo'lmaydi, axir "Real" - musobaqaning amaldagi g'olibi, ammo biz madridliklardan ko'ra biroz ko'proq ishlashimiz kerak.

Asosiy tarkib haqida yakuniy qarorga kelmadim. Uchrashuv 90 yoki 120 daqiqa davom etishi mumkin. 3-4 oydan buyon yangi taktik sxema bo'yicha ishlayapmiz. Butun o'yinda aktiv bo'la oladigan tarkibni tanlayman.

Beyl o'z tezkorligi bilan "Real"ga ko'p narsa bera oladi. Isko ajoyib mavsumni o'tkazmoqda, ancha kuchaydi, u bilan "Real"ning kombinaciyalarini o'qish qiyin.

Ertaga statistika rol o'ynamaydi. Bu final, bitta o'yin. Biz o'z kuchimizga ishonishimiz va "Real"da kuchliroq bo'lishimiz kerak.

Iguain hech nimani isbotlashi kerak emas. U Monakoda ikkita muhim gol urdi, finalda ham o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish etishiga ishonaman.

"Inter"ning 2010 yildagi natijasini (trebl) takrorlash haqida o'ylamadim. Biz chempionat va Italiya kubogini qo'lga kiritdik, shunday ekan bu mavsum biz uchun ajoyib o'tdi. Ertaga esa mavsumni o'zgacha unutilmas bo'lishiga harakat qilamiz.

Odamlar "Yuventus" oltita finalda yutqazgan deyishmoqda. Buni eshitganman, ammo bu tarix. 15, 20 yoki 50 yil oldingi narsalarni eslash kerak emas. Ertaga yangi o'yin",
- deydi Allegri UEFA rasmiy saytiga.

Manba: CA

Teglar: Massimiliano Allegri |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Uxshash maqolalar
Barcha izohlar (2)

Sizdan uzr so`raymiz, ushbu yangilikga fkir bildirolmaysiz!!!
Fkir qoldirish uchun avval ro`yxatdan o`ting.
( Hoziroq ro`yxatlanish )

Zuhriddin Zuhriddin
Javob qaytarish
(3 Iyun 2017 13:32)
togri bekorni

Sizdan uzr so`raymiz, ushbu yangilikga fkir bildirolmaysiz!!!
Fkir qoldirish uchun avval ro`yxatdan o`ting.
( Hoziroq ro`yxatlanish )

El Capitano El Capitano
Javob qaytarish
(3 Iyun 2017 15:10)
Nasib qilsa bugun yangi tarix boshlanadi yegitalarda ajoyib o'yin kutamiz