"REAL MADRID" | O'ZBEKISTON
Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Tavsiya qilamiz

Eshitdikda: Matteus uchun "Real" kuchli, ammo "Yuventus" undanda kuchli"


"Bavariya" sobiq futbolchisi Lotar Matteus "Real"ga qarshi chempionlar ligasi finalida "Yuventus"ni nega favorit sifatida hisoblayotgani sababini aytib berdi.

"Yuventus" - "Real" muxlislar ko'rishni istaydigan finallardan hisoblanadi. Ikki buyuk klub to'qnashuvi. "Yuventus"ni etakchi deb hisoblayman. Klublar o'rtasidagi farq shundaki, turinliklar tez o'zgara oladigan jamoa.

Madrid grandi qiyin masalalarni hal qilishda doimo ham eng yaxshi emas. Agar "Yuventus"ning CHempionlar ligasi pley-off bosqichidagi ishtirokiga nazar tashlasangiz, o'zgacha jihatlar guvohiga aylanasiz.

"Barselona" va "Monako"ga qarshi uchrashuvlarda turinliklar o'yinga bo'lgan munosabatni o'zgartira olishini isbotladi. Turnirdagi eng yaxshi himoya ham ular. "Yuventus" 12 ta uchrashuvda 3 ta gol o'tkazib yubordi.

"Yuventus" faqat himoyada kuchli emas. Jamoa hujumga o'tishda ham yaxshi. Turinliklar madridliklardan ko'ra zichroq harakat qiladi. "Yuventus" maydonda bir jamoadek o'ylaydi va harakat qiladi. "Real" kuchli, ammo "Yuventus" kuchliroq",
- deydi Matteus.

Manba: CA



» Teg: Lotar Matteus |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishingizni so`raymiz.
Hoziroq:
Ro`yxatdan o`tish
Hafta futbolchisi
Marko Asenso, "Las Palmas" ustidan qozonilgan g'alabada o'zining katta hissasini qo'shdi va hafta futbolchisi deb topildi. Asensio uchrashuvda 1ta gol urdi va eng ko'p 8.7 bal jamg'ardi.