Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa

Miyatovich: "Alvesning fikri meni qiziqtirmaydi, u hech qachon aqlli gap gapirmagan"

"Real" sobiq futbolchisi va sport direktori Predrag Miyatovich "Yuventus" himoyachisi Dani Alvesning so'zlariga izoh berdi.

Braziliyalik Miyatovich 1998 yil "Yuventus"ga qarshi finalda ofsayddan gol urib, jamoasiga g'alaba keltirgani haqida aytgan edi.

"Alvesning yoki "Yuventus" muxlislarining fikri qiziqtirmaydi. Hozir Dani - "yuventino". Italiyaliklar o'z mag'lubiyatini ofsayddan urilgan gol deb oqlamoqchi, ammo gap bunda emas. Alves - yaxshi futbolchi va buni "Sevilya", "Barselona" va "Yuventus"da isbotlagan, biroq u hech qachon aqlli gaplar aytmagan.

Hozir "Real" futbolchilari va bosh murabbiy Zinedin Zidan o'rtasida xotirjamlikni chaqiruvchi tuyg'u bor. Yaxshi uchrashuv o'tkazib, CHempionlar ligasida g'olib bo'lishimiz uchun bizda hamma narsa bor",
- deydi Miyatovich.

Manba: CA

Teglar: Predrag Miyatovich |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Uxshash maqolalar
Barcha izohlar (0)