Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa

"Real" prezidenti Xames Rodriges va David De Xeaning transferi haqida bayonot berdi

"Real" prezidenti Florentino Peres yarim himoyachi Xames Rodriges va"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xeaning transferi haqida gapirdi.

"De Xea – ajoyib darvozabon, ammo u"MYu" futbolchisi. Uning qaerga o'tishini bilmayman, folbin emasman.

Xames ham zo'r futbolchi, ammo jamoamizda raqobat kuchli... Umuman olganda, hech kimni qo'yib yubormagan bo'lardim. Zidan bilan bu haqda gaplashib olamiz, u Xamesning taqdirini hal qiladi",
- dedi Peres.

Avvalroq, "Real" Xamesni 42 mln yevroga "Inter"ga sotmagani, "MYU" esa De Xea uchun madridliklardan 92 mln yevro so'ragani haqida xabarlar chiqqan edi.

Manba: www.vk.com - Zuhriddin

Teglar: |
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Uxshash maqolalar
Barcha izohlar (0)