-

Zidan “Siti”ga qarshi bahsdan keyin nimalar dedi?

"Real Madrid" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan ECHL 1/8 finali javob uchrashuvida “Manchester Siti”dan (1:2) uchralgan mag'lubiyatdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Mag'lub bo'lganingdan keyin o'zingni baxtliman deb aytolmaysan, ammo biz bu mavsumda amalga oshira olgan ishimiz bilan faxrlansak arziydi. O'zimni oqlash vaqti emas. Biz bu o'yinda mag'lub bo'ldik, ammo men jamoamiz o'yini kuchaygani bilan faxrlanaman.

Biz har ikkala bahsda ham mag'lub bo'ldik va raqib g'alaba loyiq ekanligini tan olishga majburmiz. O'yinning dastlabki 15-20 daqiqasida raqibning kuchli bosimiga dosh berolmaymiz, deb o'ylagandim. So'ngra yomon o'ynamadik. Ikinchi bo'limda tashabbus bizda bo'lib turib, ikkinchi golni o'tkazib yubordik.

Varanni xatosi haqida gapiradigan bo'lsam, har qanday xolatdayam sovuqqonlikni saqlab qolish lozim! Jamoamizdagi 95% futbolchi singari u mavsumn ajoyib tarzda o'tkazdi. Men uni himoya qilishda davom etaman. Biz mavsumni yaxshi notada yakunlamadik, ammo mavsum davomida amalga oshira olgan ishlarimizdan mamnunman”, - dedi Zidan.

Manba: CA


1 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.