Ramos - Messi haqida: "Agar u qolsa, "Real","Barsa" va ispan futboli uchun yaxshi bo'lar edi"


 "Real" sardori Serxio Ramos "Barselona"dan ketishi kutilayotgan hujumchi Lionel Messi haqida gapirdi.

"Bu bizni xavotirga solmaydi. U kelajak haqida mustaqil ravishda qaror qabul qilishga haqli. U buni qaysi usulda amalga oshirishini bilmayman, lekin, u albatta, ispan futboli, "Barselona" va biz uchun qolishini istagan bo'lardim.

Messi ligani va jamoasini kuchliroq qiladi. Uning ishtirokidagi Klasiko yanada ajoyib o'tadi.
Yana takrorlab o'taman: U o'zi qaror qabul qilishga haqli va bunga huquqi bor. Keling, nima bo'lishini kutamiz", –  dedi Ramos.

Manba: CA


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.