Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!

Ronaldu yana bir rekord sohibi


Marokash terma jamoasiga qarshi Portugaliya safida maydonda harakat qilayotgan Krishtianu Ronaldu yana bir rekordsohibiga aylandi.

O'yining 4-daqiqasidayoq raqib darvozasini ishg'ol qilgan hujumchining terma jamoa safidagi gollari soni 85 taga etdi.

Bu esa, Evropa terma jamoalari tarixidagi bombardirlar ichida eng yaxshi ko'rsatkichdir.

Bugungacha, Krishtianu Ronaldu bu o'rinni Vengriya terma jamoasi safida 50-yillarda to'p surgan FerenTs Pushkash bilan bo'lishib turgandi.

Vengriyalik futbol afsonasi terma jamoadagi faoliyati davomida 84 marotaba raqib darvozasini ishg'ol qilgandi.

Butun dunyo bo'yicha terma jamoalar to'purarlari ichida esa, Krishtianu yaqqol 2-o'ringa ko'tarilib oldi.

Eslatib o'tamiz, o'z terma jamoasi safida eng ko'p gol urgan futbolchilar ruyxatini eronlik AliDayi boshqaradi.

U 149 o'yinda 109 marotabaraqib darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lgan.


Shuningdek, Ronaldu Rossiya-2018 dagi o'zining to'rtinchi golini urganini ham takidlash kerak.

Terma jamoasining hozircha hamma golini urib kelayotgan hujumchi JCh to'purarlar ro'yxatida ham yaqqol peshqadamga aylanib oldi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: Zuhriddin

» Teg: Krishtianu Ronaldu, Pushkash |
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishing.
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Liverpul"ga qarshi bahsda zahiradan maydonga tushib 2 ta golga mualliflik qildi va uning gollari evaziga "Real" 13-kubokni qo'lga kiritdi.