Ronaldu “Barselona”ning “dodini berish” uchun ta’tilni 4 kun oldin tugatdi
- » Mashg'ulotlar, Yangiliklar
- 1-08-2017, 21:12
- 817
Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu mashg‘ulotlarni boshlab yubordi.
Garchi, uning ta’tili 5 avgustgacha bo‘lishiga qaramay, 32 yoshli futbolchi yangi mavsumga tayyorgarlikni erta boshlashga qaror qildi.
13 avgust kuni “Real” Ispaniya Superkubogining ilk o‘yinida “Barselona”ga qarshi bahs yuritadi. Krishtianu ushbu o‘yinga optimal holatda etib kelish uchun mashg‘ulotlarni erta boshlagani aytilmoqda.
Ayni vaqtda “qirollik klubi” AQShda bo‘lib turibdi. Ronaldu esa Madriddagi bazada individual tarzda mashg‘ulot olib bormoqda.
Qayd etish joiz, Ronaldusiz “Real” Xalqaro Chempionlar Kubogi norasmiy turnirida kataloniyaliklarga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Manba: www.sports.uz

» Teg: Krishtianu Ronaldu, Real Madrid, Barselona |
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish