Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa

Rasmiy xabar: La Liga 2017/18 boshlanish vaqti ma'lum

Ispaniya Qirollik Futbol Federatsiyasi La Ligada yangi mavsum 19-20-avgust kuni boshlanib 20-may sanasida yakunlanishini rasman e'lon qildi.

Qirol kubogi final baxsi 21-aprel kuni, La Liganing 31-turi bo'layotgan payti o'tkaziladi va finalda qatnashgan jamoalar boshqa sanada o'z o'yinini o'tkazadi. Ma'lumot uchun, La Ligaga qur'a tashlash marosimi 20-iyul kuni o'tkaziladi.

Mobodo "Real" Qirol kubogi va Chempionlar Ligasi finaliga chiqsa jami 65 ta uchrashuv o'tkazgan bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Chempionlar Ligasi (2017/18) mavsum final uchrashuvi Kiyevdagi "Olimpiskiy" stadionida o'tkaziladi.

Manba: realmadrid.com

Teglar: La Liga |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Uxshash maqolalar
Barcha izohlar (0)