-

Modrich: "Ramos - fenomen. U dunyoning eng yaxshi himoyachisi"

"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich jamoa sardori Serxio Ramosga yuqori baho berdi.

Modrich: "Ramos - fenomen. U dunyoning eng yaxshi himoyachisi"

- Ramos bu mavsum 13ta gol urib o'zgacha taassurot qoldirdi. "Malorka"ga jarimadan urilgan gol shedevr bo'ldi. Bu haqda nima deya olasiz?

- To'ppa-to'g'ri, nima ham deyish mumkin. Mening akam Ramos - fenomen. Bu gapni 8 yildan beri o'zaro juda iliq munosabatdaligimiz uchun aytmayapman, biz oilaviy do'stmiz, dam olishlarni birga o'tkazamiz. CHunki ,futbolda ham birga katta muvaffaqiyatlarga erishdik.

Ramos 34 yoshda va u eng yuqori darajada raqobatbardosh o'yinchi. Uning o'z ustida qanday ishlayotganini ko'rganingizda ishiga qanchalik sodiqligini va muvaffaqiyatlarga qanday och ekanligini ko'rasiz.

U jamoa etakchisi va dunyoning eng yaxshi himoyachisi. Faoliyati uning darajasi haqida gapirib turibdi, - dedi Modrich.

Manba: www.championat.asia


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.