Ramos Kasilyasning rekordini takrorladi


27 oktyabr kuni Menxengladbaxning "Borussiya M" va Madridning "Real Madrid" jamoalari o‘rtasidagi Chempionlar ligasi bahsida 2:2 hisobi qayd etildi.

Mazkur o‘yinda ishtirok etgan "Qirollik klubi" himoyachisi Serxio Ramos o‘z jamoasi safida YECHLda 16-mavsumni boshladi. Bu orqali ispaniyalik futbolchi "qaymoqranglilar"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyasning natijasini takrorladi.

Bu borada klub tarixidagi uchinchi pog‘onani Fransisko Xento egallab turibdi — 15 mavsum.

Ramos "Real Madrid" tarkibida Chempionlar ligasi doirasida 125ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa, Kasilyas hisobida 150ta o‘yin mavjud. Serxio Yevropaning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli sovrinini 4 marta qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Iker 3 marta Kubokni boshi uzra baland ko‘targan.

Kasilyas "Real Madrid" safida ECHLdagi g‘alabali o‘yinlar soni bo‘yicha rekordchi hisoblanadi — 90ta g‘alaba. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Ramos ikkinchi o‘rinda bormoqda — 76.

Manba: www.std.uz


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив