Manbaga ko‘ra, bu borada eng katta mablag «Real Madrid»da haftasiga 475 ming yevro oladigan Eden Azarga sarflangan. Jarohatlar tufayli u o‘tgan mavsumning 252 kunini o‘tkazib yubordi.
Shu tariqa, «qirollik klubi» futbolchiga maydonga tusha olmagan mavsumlarida qariyb 17 million yevro to‘lagan.
Reytingda ikkinchi o‘rinni Kataloniyaning «Barselona» klubining hujumkor yarimhimoyachisi Filippe Koutinyo egalladi. Braziliyalik futbolchi haftasiga 474 ming yevro ishlab oladi va jarohati tufayli 233 kunni o‘tkazib yubordi. Koutinyo o‘ynay olmagan vaqtida «Blaugrana» unga 16 million yevro to‘lagani ma’lum bo‘lmoqda.
Ro‘yxatning uchinchi pog‘onasini «PSJ»ning braziliyalik futbolchisi Neymar egallagan. U haftasiga 1 million yevro ishlab topadi va o‘tgan mavsumda 95 kunni o‘tkazib yubordi. Parijliklarning zarari taxminan 13,6 million yevroni tashkil qilmoqda.
Manba: www.marca.com
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.