Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama: Sayt rivoji uchun

InStat. Kechagi CHL o'yinlaridagi qiziqarli statistik malumotlar


"Real"ga qarshi CHempionlar ligasi chorak final javob o'yini "Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon uchun joriy mavsum ushbu turnirdagi eng yaxshi natija qayd etgan bahs bo'ldi.

InStat malumotlariga ko'ra, italiyalik "Santyago Bernabeu"da 5ta seyv amalga oshirdi. Bungacha Buffon 8ta uchrashuvda 8ta seyv amalga oshirgan.

Hujumchi Krishtianu Ronaldu ketma-ket CHempionlar ligasining 11-o'yinida gol urdi va "Real"ni yarim finalga olib chiqdi. Bu turnirdagi har bir bahsda Ronaldu kamida 4ta zarba bergan (o'rtacha 6,8). Zarbalar bo'yicha ikkinchi futbolchi Lionel Messi, biroq uning jamoasi musobaqani tark etdi.

"Bavariya" yarim himoyachisi Aren Robben "Sevilya"ga qarshi javob o'yinining eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Gollandiyalik 9 marta raqibni aldashga urindi va barchasi muvaffaqiyatli amalga oshirdi. U eng ko'p golli vaziyat yaratishga erishdi (4ta). Biroq na Robben, na uning jamoadoshlari gol ura olishmadi.

Manba: www.championat.asia



» Teg: Yuventus, Janluiji Buffon, Real Madrid |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishingizni so`raymiz.
Hoziroq:
Ro`yxatdan o`tish
Tavsiya qilamiz
Hafta futbolchisi
Marselo,"Bavariya"ga qarshi uchrashuvda gol urdi va bu gol yakunda "Qirollik klubi"ga g'alaba keltirdi.