Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!

Eshitdingizmi? Toshkentga "Real Madrid" skautlari tashrif buyuradi


2018 yilning yanvar oyida O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi rahbariyati "Real Madrid" klubi mutasaddilari bilan uchrashishgani hech kimga sir emas.

"Qirollik klubi"ning Real Madrid Foundation Clinic dasturi asosida, O'zbekistonda "Real Madrid" klubining futbol maktabini ochish, "Real Madrid"da faoliyat yuritayotgan murabbiylarni O'zbekistonga olib kelish va ular ishtirokida futbol maktablarimizda mashg'ulotlar o'tkazish, futbolchilar bilan ishlash jarayonlari haqida o'z tajribalari bilan o'rtoqlashish bo'yicha kelishuv bitimi imzolangan edi.

Unga asosan joriy yilning iyun oyida yurtimizga "Real" klubi skautlari va murabbiylari tashrif buyurishadi.

Tashrif doirasida yurtimizda faoliyat yuritayotgan bolalar futboli murabbiylari uchun seminarlar, amaliy mashg'ulotlar va boshqa turli tadbirlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, "Bunyodkor" stadionida 2006 yilda tavallud topgan futbolchilar o'rtasida "Real Madrid Kubogi" musobaqasi o'tkaziladi. Ushbu musobaqani "Qirollik klubi" skautlari va murabbiylari bevosita stadiondan kuzatib borishadi.

Manba: www.tribuna.uz



» Teg: O'zbekiston, Real Madrid |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishingizni so`raymiz.
Hoziroq:
Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga bosing sayt rivoji uchun!
Hafta futbolchisi
Garet Beyl, "Villarreal"ga qarshi bahsda 1 ta golga mualliflik qildi va ajoyib o'yin o'tkazdi. Uchrashuvni ikkinchi eng yaxshisi deb topilgan Beyl (7.5)ga loyiq ko'rildi.