Oradan 392 kun o‘tib Azar "Real" tarkibida gol urdi


Madridning "Real" klubi futbolchisi Eden Azar La Liganing 8-tur doirasida "Ueska" klubiga qarshi bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda hisobni ochdi.

Belgiyalik futbolchi "Qaymoqranglilar" tarkibida 392 kun deganda gol kiritdi. Azar "Real" tarkibidagi so‘nggi golini 2019 yilning 5 oktyabr kuni "Granada" (4:2) klubiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvda kiritgandi.

Qolaversa, bu Azarning 2020 yildagi ilk goli sanaladi. U bu yilning hisobida na klubida, na terma jamoasida raqiblar darvozasi tomon yo‘l topa oldi.

Azar o‘tgan va joriy mavsumning katta qismini turli xil jarohatlar sababli o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi. U bugun joriy mavsumda "Real" tarkibidagi dastlabki uchrashuvini o‘tkazmoqda.

Manba: www.std.uz


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив