Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama: Sayt rivoji uchun

Rasmiy xabar: Yangi Futbol Tv telekanali bugun 22:00 dan ish boshlaydi


UzReport telekanali rasmiy sayti bergan so'nggi habarga ko'ra telekanal qoshida ochiladigan yangi FutbolTv telekanali bugun, 23 aprel kuni soat 22:00da ishga tushadi.

Yurtimizdagi millionlab futbol muxlislarining talab va istaklarini inobatga olib hamda ularning futbolga bo`lgan katta qiziqishlaridan kelib chiqqan holda, UZREPORT TV telekanali futbolga ixtisoslashgan yangi FUTBOL TV telekanalini tashkil etishga qaror qilgani haqida avval xabar berib o`tgandik.
Shuni mamnuniyat bilan ma`lum qilamizki, FUTBOL TV telekanali bugun 22:00dan boshlab test rejimida ish boshlaydi!
Bugun tunda, soat 23:00da boshlanadigan Ispaniya chempionatidan o`rin olgan “Real” – “Barselona” jamoalari o`rtasidagi “El-Klasiko” o`yini UZREPORT TV telekanali bilan parallel ravishda FUTBOL TV telekanalida ham jonli efirda namoyish qilinadi.
Test rejimi paytida FUTBOL TV telekanali soat kunduzgi 14:00dan tungi 03:00gacha, 12 soat davomida efirga uzatib boriladi. Test rejimidan muvaffaqiyatli o`tgach, FUTBOL TV telekanali 24 soatlik efir dasturlari bilan o`z faoliyatini davom ettiradi.
Shu bilan birga UZREPORT TV telekanalida futbol o`yinlari translyatsiyasi to`xtab qolmaydi.
Reklama beruvchilar oldidagi majburiyatlarni bajarish maqsadida joriy mavsum oxiriga qadar Yevropa Chempionlar ligasi, Angliya Premer-ligasi va Ispaniya chempionati o`yinlari UZREPORT TV telekanalida hamda, FUTBOL TV telekanalida parallel tarzda jonli ravishda ko`rsatiladi.
Yevropa Ligasining yarim final va final bahslari faqat FUTBOL TV telekanalida namoyish etiladi. Shuningdek, ChL, APL va La ligadan o`rin olgan uchrashuvlar yozib olingan holda va takroran FUTBOL TV telekanalida efirga uzatib boriladi.
Evropaning eng kuchli chempionatlari translyatsiyasi kelasi mavsum ham UZREPORT TV hamda FUTBOL TV telekanallarida davom etadi.
Bundan tashqari, FUTBOL TV telekanalida jahon va o`zbek futboliga oid bo`lgan turli qiziqarli ko`rsatuvlar, badiiy va hujjatli filmlar efirga uzatib boriladi.
Shu o`rinda UEFAning talabiga ko`ra, UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallaridagi futbol o`yinlari bundan buyon sun`iy yo`ldosh orqali efirga uzatilmasligini ma`lum qilamiz. Sababi, UZREPORT TV telekanali futbol o`yinlari translyatsiyasini faqat O`zbekiston hududida namoyish qilish huquqiga ega.
Yurtimizdagi futbol muxlislari UZREPORT TV hamda FUTBOL TV telekanallarini bepul raqamli telekanallar paketida tomosha qilishlari mumkin.

UzReport Tv - muxlislarga syurprizlar taqdim etishda davom etadi, - deyiladi telekanal rasmiy saytida.

Manba: UzReporTv



» Teg: |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishingizni so`raymiz.
Hoziroq:
Ro`yxatdan o`tish
Kutilayotgan uchrashuv
Valencia 27.01.2018 Real Madrid
# 20:15 #
Yakunlangan uchrashuv
Real Madrid 21.01.2018 Leganes
# 1-2 #
Tavsiya qilamiz
Hafta futbolchisi
Krishtianu Ronaldu, "Deportivo"ga qarshi bahsda bir golga mualliflik qilgan bo'lsa, yana ikkita ajoyib gol urdi va yakunda "Real Madrid"ning (7:1) hisobidagi g'alabasini taminladi.