"REAL MADRID" | O'ZBEKISTON
Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Tavsiya qilamiz

UzReport telekanalida "Valensiya" va "Real Madrid" uchrashuvi namoyish etiladi


UzReport telekanali xodimi va sharhlovchisi Yoqubjon Bobojonovning twitter orqali bergan xabariga ko'ra "Valensiya" va "Real Madrid" uchrashuvini UzReport telekanalida namoyish etiladi.

Faqatgina Yevropa ligasi 1/16 final javob uchrashuv doirasida "Sent-Eten" va "Manchester Yunayted" uchrashuvining 1-bo'limi yakuniga yetgach, 22:45dan boshlab "Valensiya" va "Real" uchrashuviga o'tiladi. Shuningdek, "Valensiya" va "Real" o'yini paytida "Sent-Eten" va "MYU" uchrashuvining 2-taymda yuzaga kelgan xavfli vaziyat va gollar onlayn tarzda lavhalar orqali ko'rsatilib boriladi. Buni UzReport telekanali sharhlovchisi Yoqubjon Bobojonov rasman tasdiqlab o'tdi.

Demak, ertaga UzReport TV telekanalida 22:00dan boshlab "Sent-Eten" va "MYU" baxsi efirga uzatiladi, bu uchrashuvning 1-bo'limi yakuniga yetgach 22:45 dan boshlab "Valensiya" va "Real" uchrashuvi namoyish etiladi. 00:45 dan boshlab esa "Portu" va "Yuventus" baxsi jonli efirda namoyish etish rejalashtirilgan.

Manba: twitter.com



» Teg: |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishingizni so`raymiz.
Hoziroq:
Ro`yxatdan o`tish
Hafta futbolchisi
Isko Alarkon, "Espanyol" ustidan qozonilgan g'alabada uning hissasi katta bo`ldi va hafta futbolchisi deb topildi. Isko uchrashuvda 2ta golga mualliflik qilganini takidlab o`tish lozim.