"REAL MADRID" | O'ZBEKISTON
Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa

Serxio Ramos "Barselona" yarimhimoyachisi Inestadan ko'proq gol urgan


Sport nashrining Twitter’dagi sahifasi Serxio Ramos hamda Andres Inestaga taalluqli gollar statistikasiga e'tibor qaratdi.

Ma'lum bo'lishicha, futbolchilik karerasi davomida Serxio Ramos Andres Inestaga qaraganda 5 ta ko'proq gol urgan. Faoliyatini "Sevilya" futbol klubida boshlagan va 2005-yilgi mavsumga kelib "Qirollik klubi"ga ko'chib o'tgan Serxio Ramos hozirga qadar raqiblar darvozasiga 77 ta gol urgan. Karerasining dastlabki yillaridan buyon "Barselona" sharafini himoya qilib kelayotgan Andres Inestaning umumiy gollari esa 72 tani tashkil qiladi.

Nashr bejizga bu ikki futbolchini tanlab olmagan. Biri Madridning "Real", ikkinchisi esa Kataloniyaning "Barselona" klubini maydonga sardor sifatida boshlab tushadi. Qiziq tomoni, Serxio Ramos himoya pozitsiyasida to'p suradi, shunga qaramay gollari soni hujumga nisbatan yaqinroq o'ynaydigan Andres Inestanikidan ko'p.

Ma'lumot uchun, Andres Inesta "Real"dagi raqibi va Ispaniya terma jamoasidagi jamoadoshi hisoblangan Serxio Ramosdan 2 yoshga katta. Inesta 1984 yilning 11 may sanasida tug'ilgan. Serxio Ramos esa 1986 yilning 30 mart kuni dunyoga kelgan.

Manba: Stadion.uz



» Teg: |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishingizni so`raymiz.
Hoziroq:
Ro`yxatdan o`tish
Hafta futbolchisi
Isko Alarkon, "Espanyol" ustidan qozonilgan g'alabada uning hissasi katta bo`ldi va hafta futbolchisi deb topildi. Isko uchrashuvda 2ta golga mualliflik qilganini takidlab o`tish lozim.