-

Dias koronavirusga chalingani uchun "Man Siti" - "Real" o‘yini o‘tkaziladimi?

"Real" hujumchisi Mariano Dias koronavirusga chalinganiga qaramay, UEFA Chempionlar ligasi nimchorak final bosqichidan o‘rin olgan uchrashuvni o‘tkazmoqchi.

"UEFA klub bilan aloqada bo‘lib turibdi va vaziyatni kuzatmoqda. Ishonchimiz komil, ushbu holat o‘yinni o‘tkazishga ta’sir ko‘rsatmaydi", — dedi UEFA vakili "L'Équipe"ga bergan intervyusida.

Uchrashuv 7 avgust kuni "Etixad" stadionida bo‘lib o‘tadi. Madridda o‘tkazilgan dastlabki o‘yinda "Manchester Siti" 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Manba: www.std.uz


0 1

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.