Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa

Lionel Messi: “Ronaldu buyuk futbolchi”

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi o'zining kelajagi, APL haqidagi fikrlari va Ronaldu haqida to'xtalib o'tdi.

-Siz APLda to'p tepish imkoniyatlarini ko'rib chiqishingiz mumkinmi?

-Men har doim aytib kelganman: “Barselona” menga futbolda barcha narsani berdi. SHu sabab men bu erda ko'proq, klub meni qancha vaqt qolishimni istasa o'shangacha jamoada qolish niyatidaman.

-Joriy mavsumda APLda kim chempion bo'lishi mumkin?

-Bu ligada raqobat juda jiddiy. O'tgan mavsumdagi holat bunga misol bo'la oladi. SHu sabab oldindan bir narsa deyish juda qiyin. Albatta, Gvardiola juda omadli murabbiy. Ishonamanki, u bu ligada ham muvaffaqiyatlarga erisha oladi.

-Ronaldu o'rtalaringizdagi o'zaro hurmat haqida gapirgandi. Siz uni qanday baholaysiz? Boshqa bir siz kabi eng yaxshi futbolchining o'yini sizga yanada shiddatli bo'lishga undaydimi?

-Albatta o'rtamizda o'zaro hurmat bor. Men uni yuksak natijalarni qo'lga kirita olgan buyuk futbolchi sifatida bilaman. Mening ishtiyoqim, hoxishim doimo “Barselona” va Argentina terma jamoasida yaxshi o'yin ko'rsatish va albatta, muxlislar ham, -deydi Messi.

Manba: CA

Teglar: |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Uxshash maqolalar
Barcha izohlar (0)