Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Bu futbolchining kollektsiyasida 600 nafar futbolchining libosi bor(foto)


Ushbu yozda Evropa futbolida olamshumul xodisa ro‘y berdi.

Evropaning eng kuchsiz termalaridan biri bo‘lgan Andorra terma jamoasi JCh-2018 saralashida Vengriya termasini mag‘lub etdi va so‘nggi 12 yil ichida ilk bor rasmiy o‘yinlarda g‘alaba qozondi.
Bunda jamoa sardori Ildefons Limaning xizmatlari katta bo‘ldi. 37 yoshli markaziy himoyachi termasi safida 107 ta bahsda maydonga tushgan. Vaholanki, Andorra terma jamoasi o‘z tarixi davomida 142 ta bahs o‘tkazgan xolos.
Bundan tashqari, Lima terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar. U mamlakat bosh jamoasi safida 11 ta to‘p kiritgan. Shulardan 5 tasini penaltidan kiritgan.
Gap shundaki, uning koleksiyasida 600 ga yaqin futbolchining liboslari mavjud.
Bu futbolchining kollektsiyasida 600 nafar futbolchining libosi bor(foto)
Lima liboslari uchun aloxida xona ajratgan va har bir libos maxsus tarzda qadoqlangan va eng muximi, ularning birortasi xattoki yuvilmagan.
Bu futbolchining kollektsiyasida 600 nafar futbolchining libosi bor(foto)
Limaning koleksiyasida 2009 yilda Angliya termasiga qarshi bahsda Jon Terining libosi ham mavjud. U shundan so‘ng, “Endi faoliyatimni tugatsam ham bo‘ladi”, – deb aytib o‘tgan edi.
Bu futbolchining kollektsiyasida 600 nafar futbolchining libosi bor(foto)Ikki yil oldin esa u “Chelsi” sobiq sardoridan norozi bo‘ldi. Boisi, Terri andoraliklarning qo‘pol o‘yini sabab, termadagi jamoadoshlariga raqiblar bilan libos almashmaslik kerakligini aytib o‘tgan edi.
Bundan tashqari Limada Andorraga 4 ta gol kiritgan Krishtianu Ronalduning ham libosi mavjud.
Bu futbolchining kollektsiyasida 600 nafar futbolchining libosi bor(foto)Qayd etish joiz, 211 mamlakat FIFAga a’zo bo‘lgan va Limada 128 termaning liboslari mavjud. Futbolchining o‘zi ta’kidlashicha bu futbokalar – uning faoliyati tarixi.


Muallif: Zuhriddin
|
Teg: Lima
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Real Madrid"ning o'tgan mavsumdagi to'purari bo'ldi. Shu boisdan Benzemani yangi mavsum startiga qadar, o'tgan mavsum qahramoni deb hisobladik!