HALA-MADRID | REAL MADRID
Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa

Portugaliyalik folbinning aytishicha, Ronaldu otasining dafn marosimiga bormay qarg'ishga uchragan

Portugaliyalik folbin Fernando Nogeyraning so'zlariga ko'ra, "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2005 yilda otasining dafn marosimiga kelmay, qarg'ishga uchragan ekan.

O'shanda futbolchi JCH-2006 saralash uchrashuvida Rossiyaga qarshi uchrashuv o'tkazgan. Folbinning takidlashicha, aynan shu sabab tufayli Ronalduni so'nggi vaqtda omadsizliklar taqib qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya prokuraturasi soliq to'lamaganligi uchun Krishtianu Ronalduga nisbatan ish ochgan edi. SHu bilan birga, portugaliyalik "Barselona"ga qarshi bahsda hakamni turtgani uchun 5 ta o'yinga diskvalifikaciya qilingan.

"Ronaldu ruhan kuchsizlangan. U futbol o'ynab, otasining dafn marosimiga bormadi va ko'plab salbiy energiyalarni ozodlikka chiqarib yubordi. Krishtianu otasi bilan xayrlashmadi va u bilan uzoq vaqt suhbatlashmagan. Ronalduga yordam berishdan baxtli bo'lardim. Buni tekinga bajarishga ham roziman", - deydi folbin.

Manba: www.championat.asia



» Teg: Fernando Nogeyra, Krishtianu Ronaldu |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Uxshash maqolalar
Barcha izohlar (0)