Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa

Zidan: “Men Pepeni jamoada saqlab qolmoqchiman, ammo...”

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa himoyachisi Pepening shartnomasini uzaytirmayotgani va yozda Xitoyga o'tishi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi.

“Albatta, men uni jamoada qolishini istayman. U “Real”da qancha xohlasa, shuncha vaqt qolishi mumkin. Pepe klubda muhim rol o'ynaydi. U ancha vaqt jarohatidan qutulish bilan band bo'ldi va safga qaytdi. Men uning mehnatidan mamnunman. U o'z kelajagini o'zi hal qiladi. Pepe klubga ko'p narsa bergan. SHu sabab uning qarorini hurmat qilaman”, deydi Zidan.

Manba: CA

Teglar: |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Uxshash maqolalar
Barcha izohlar (0)