Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Tavsiya qilamiz

"Real" inqirozini ifodalovchi 18 fakt


Kechagi gollar shousi ham vaziyatni o'zgartirmaydi, "Real" ning La Ligadagi navbatdagi mavsumni juda yomon boshlagani bu fakt.

Buni asoslaydigan bir nechta qo'shimcha statistik ko'rsatkichlarga "Eurosport" o'z etiborini qaratdi.

Zaynidin Zidan
"Real" inqirozini ifodalovchi 18 fakt

● 12 turdan keyin madridliklik 24 ochko jamg'arishgan – o'tgan yilning shu davriga nisbatan 6taga kamroq. O'shanda "Real" "Barselona"ni 4 ochko ortda qoldirayotgandi, endi esa, 10 ochko orqada bormoqda. Hatto "Valensiya" ham 6 ochkoga ilgarilab ketgan.

● "Real"ning ushbu mavsumdagi eng uzun davom etgan g'alabali seriyasi – 5 o'yin. 8 avgustdan 23 avgustgacha. Bu o'yinlar ichida Evropa va Ispaniya superkuboklaridagi "MYu" va "Barselona"ga qarshi uchrashuvlar, shuningdek, "Bernabeu" kubogi uchun "Fiorentina"ga qarshi kechgan bahs ham bor. Yani, bu g'alabalarning Ispaniya chempionatidagi ahvolga aloqasi ko'p emas.

● "Atletiko"ga qarshi o'yindagi 0:0 - «Real»ning La Ligadagi so'nggi 81 uchrashuvidagi birinchi shunday hisob. 2015 yilning sentabrida jamoa «Malaga» bilan golsiz durangga imzo chekkandi.

● Zidanning murabbiylik faoliyatida "Real" ilk marotaba safar o'yinida gol ura olmadi.

● 12 turning 2-bo'limlarida "Real" birorta ham ochko ololmadi, yani jamoa ikkinchi bo'limlarda 1-bo'limdagi qoniqarsiz hisobni hisobni ijobiy tomonga o'zgartira olmadi.


Krishtianu Ronaldu
"Real" inqirozini ifodalovchi 18 fakt

● Ronaldu 8 o'yinda atigi 1 gol urdi xolos. Bu tempda davom etsa, mavsum oxirida uning urgan gollari 4ta bo'larkan. Taqqoslash uchun, o'tgan mavsumning 12-turidan so'ng portugaliyalik hujumchi hisobida 8 gol bor edi. To'g'ri, u o'tgan mavsumda diskvalifikaTsiya o'tamagandi, lekin Evro-2016 dagi jarohat tufayli, tiklanish jarayonida bo'lgandi.

● Ronaldu bu mavsumda biror marta ham to'pni raqibidan olib qo'ymadi yoki egallab olmadi. Ligada bunday o'yinchilar soni 6 nafar xolos. Ulardan 4 nafari darvozabonlardir. Krishtianu himoyalanishni butkul esdan chiqarganga o'xshaydi.

● Ligada faqat Messi (72) raqib darvozasiga Ronaldu (55) dan ko'ra ko'proq zarba yo'llagan. Messi hisobida 12 gol bor.


Karim Benzema
"Real" inqirozini ifodalovchi 18 fakt

● Benzema hisobida ham atigi 1 gol bor. U 14 oktabr kuni "Xetafe" darvozasini ishg'ol qilgandi. Ronalduning goli ham o'sha o'yinga to'g'ri keladi.

● "Atletiko"ga qarshi o'yinda u raqib jarima maydonida biror marta ham to'pga tega olmadi. Bunaqasi u bilan 2017 yilda bo'lmagandi.

● Yig'lab yubormang: "Barselona" safiga Xitoydan kelib qo'shilgan Paulino 418 daqiqa maydonda harakat qilib 4 gol urdi. "Real"ning mashg'ur BBC uchligi esa, birgalikda maydonda 1674 daqiqa o'ynab, shuncha gol urishdi. "Real"ning bu mavsumdagi to'purarlari Isko va Asensio hisobida ham 4tadan gol bor.

● "Real" La Ligada raqib darvozasiga eng ko'p o'rtacha har o'yinda 19 marotabadan zarba berar ekan. Urilgan gollar soni bo'yicha esa, jamoa beshinchi o'rinda 22ta gol. Hatto "Selta" hisobida 23 gol bor.

● 12 turdan keyin 22 gol bu ko'rsatkich "Real"ning 2008/09 yilgi mavsumdan buyog'iga ko'rsatgan eng yomon natijasidir. O'shanda madridliklar atigi 18 gol urgandi.


Boshqa faktlar
"Real" inqirozini ifodalovchi 18 fakt

● "Real" futbolchilariga ko'rsatilgan sariq kartochkalar 21ta, bu ligadagi eng kam ko'rsatkich. Ammo ikki madridlik futbolchi qizil kartochkaga loyiq ko'rilgan ligada 2-ko'rsatkich. Darvoqe, Serxio Ramos faoliyati davomidagi 18 qizil kartochka bilan liga tarixidagi eng qo'pol o'yinchi bo'lib oldi.

● EChLda "Tottenhem"dan uchralgan mag'lubiyat (1:3) jamoaning ushbu turnirdagi 2008 yildan buyon eng yirik mag'lubiyatidir. Shuningdek, Zidan murabbiyligida jamoa birinchi marta 2 to'p farqi bilan mag'lub bo'ldi. Ungacha barcha mag'lubiyatlar minimal hisobda qayd etilgandi.

● "Tottenhem"ga qarshi o'yingacha "Real" qatorasiga 12 o'yindan beri ingliz jamoalariga yutqazmayotgandi. Bu seriya ham barham topdi.

● Yana o'sha mag'lubiyat haqida. "Real" qatorasiga 30 o'yindan beri EChL guruh o'yinlarida mag'lub bo'lmay kelayotgandi.

● "Real" "Jirona"dan mag'lubiyatga uchradi. 1990 yildan beri birinchi marta "Qirollik klubi" Segundadan yangi chiqqan jamoaga imkoniyatni boy berdi.


www.tribuna.uz asosida tayyorlandi.



» Teg: Real Madrid, Statistika |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishingizni so`raymiz.
Hoziroq:
Ro`yxatdan o`tish
Toni Kroos Toni Kroos
Izohlari: (32)
22 Noyabr 2017 20:12 ID: #1
Tuvrisi manga bu habar yaqdi shinday habarlardi kupaytrish kerak
Hafta futbolchisi
Karlos Kazemiro, "Malaga" ustidan qozonilgan g'alabada o'zining katta hissasini qo'shdi va hafta futbolchisi deb topildi. Uchrashuvni eng yaxshisi futbolchisi Kazemiro 1ta gol urdi.