Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Tavsiya qilamiz

Zidan: "Beyl qachon maydonga qaytishini bilmayman"


"Real" bosh murabbiyi Zayniddin Zidan Bilbaoning "Atletik" klubiga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

● "Beylda ruhiyat bilan bog‘liq muammolar bor deb o‘ylamayman. O‘yinchi uzoq vaqt futboldan uzoqda bo‘lgani uchun u bilan bog‘liq vaziyat biroz murakkablashdi. Umid qilaman, u jismoniy jihatdan tiklanib olsa bo‘lgani. Unda mushagi bilan bog‘liq muammo bor. Shu bois, tavakkal qilishni istamaymiz. Barchasi o‘ziga bog‘liq. Beyl qachon maydonga qayta olishini ayta olmayman. Kelasi hafta to‘liq sog‘ayishiga umid qilaman.

Jamoada eng yaxshi darvozabonlar o‘ynagan. Men uchun Keylor — birinchi raqamli posbon. Shubhasiz, men hamisha Navas, Kasilya va boshqa o‘yinchilarni qo‘llab-quvvatlayman.Kepa — yaxshi darvozabon, ammo u boshqa jamoada o‘ynamoqda.

Biz transferlarni muhokama qilmadik. Men yangi futbolchilar xarid qilish kerakligini aytmadim. Hozirda o‘ynashimiz kerak. Transfer bozori ochilgan paytda o‘ylab ko‘ramiz.

So‘nggi paytlarda yaxshi o‘yin ko‘rsatdik. Oldinda bizni qiyin o‘yinlar kutib turibdi. Dekabr — eng muhim bosqich. O‘zimizdan talab qilayotgan ishni amalga oshirishimiz kerak. Qiyin o‘yin bo‘lishini kutyapmiz, ammo biz tayyormiz",
— dedi Zidan.

Zidan: "Beyl qachon maydonga qaytishini bilmayman"

Manba: www.stadion.uz



» Teg: Real Madrid, Zinedin Zidan, Garet Beyl |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (1)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishingizni so`raymiz.
Hoziroq:
Ro`yxatdan o`tish
Toni Kroos Toni Kroos
Izohlari: (41)
2 Dekabr 2017 14:46 ID: #1
Balee yana travma oldimaaa
Hafta futbolchisi
Krishtianu Ronaldu, "Borussiya"ga qarshi bahsda eng yuqori 8.3 bal jamg'ardi shu jumladan gol urdi va hafta futbolchisi deb topildi.