Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real"dan klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida ehtiyotkorlik talab qilinadimi?


"Real" futbolchilari klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida ehtiyot bo'lib to'p surishiga to'g'ri keladi.

Agar ulardan kimdir bosh hakam tomonidan maydondan chetlatilsa, Primera 17-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishiga to'g'ri keladi, deb xabar bermoqda "Marca".

Gap shundaki, FIFA Intizom kodeksi talabiga ko'ra, KJCh finalida qizil karta bilan jazolangan futbolchi qaysi musobaqa bo'lishidan qatiy nazar, keyingi o'yinni o'tkazib yuborishi shart. Bu qoidaga asosan, "Chelsi" himoyachisi Gari Kehill 2012 yilda Angliya Ligasi kubogi o'yinini o'tkazib yuborgan edi.

"Real" – "Barselona" o'yini 23 dekabr kuni "Santyago Bernabeu"da o'tkaziladi. Bu "Real" uchun KJCh-2017 finalidan keyingi o'yin bo'ladi.

Ammo, dastlab "Galaktikos"ni "Al-Jazira" klubiga qarshi yarimfinal o'yini kutmoqda. KJCh-2017 finali 16 dekabr kuni o'tkaziladi.

Manba: www.tribuna.uz


Muallif: El Capitano
|
Teg: Real Madrid, JCH Klublar-2017
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Karim Benzema | "Selta"ga qarshi bahsda bitta gol urdi va yana bir golga uzatma berdi. Shu boisdan Benzemani hafta o'yinchisi deb topildi.