Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa

"Milan" "Real"ning Donnarumma borasidagi taklifiga rad javobini berdi

"Milan" rahbariyati "Real" qiziqish bildirayotgan 18 yoshli darvozabon Janluiji Donnarummani sotmoqchi emas.

Malumotlarga ko'ra, madridliklar vakillari rossonerlarga taklif yuborishgan, ammo Italiya klubi bu taklifni rad etdi.

"Milan" rahbariyati iqtidorli darvozabonni sotmoqchi emas va u bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Donnarumma bilan kelishuv 2018 yilning yozida yakuniga etadi. Futbolchi voyaga etgan shaxslar safiga qo'shildi va professional shartnoma imzolashi mumkin.

Donnarummaning agenti Mino Rayola "Milan" xitoyliklarga o'tmaguncha muzokaralarni boshlamoqchi emas.

Klubdagilar Janluiji Donnarummaga yiliga 3 mln. evro to'lanadigan 2020 yilgacha bo'lgan shartnoma tayyorlamoqda.

Manba: CA

Teglar: |
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Uxshash maqolalar
Barcha izohlar (0)