Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Tavsiya qilamiz

Butrageno: "Bavariya" - "Real" uchun eng yaxshi variant emas"


"Real" sobiq hujumchisi, hozirda klubda direktor sifatida ishlayotgan Emilio Butrageno CHempionlar ligasi chorak finali qurasi haqida fikr bildirdi.


"Bavariya" - eng qiyin raqiblardan biri. Myunxendagilar ham biz haqimizda shunday o'ylashmoqda. Jamoalar bir-birini yaxshi biladi. Ularning murabbiyi Karlo Anchelotti va u jamoamiz bilan tanish. "Bavariya" tarkibida katta tajribaga kuchli futbolchilar o'ynaydi. Biz ular bilan keyinroq uchrashsak yaxshiroq bo'lardi, ammo bu qura.

Javob uchrashuvini uyimizda o'tkazamiz va bu bizga ustunlik beradi, ammo har qanday holatda ham Germaniyadagi bahsni yaxshi o'tkazish kerak. Bu biz uchun eng yaxshi variant emas, biroq ajoyib o'yin bo'ladi" - deydi Butrageno.

Manba: CA



» Teg: |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`tishingizni so`raymiz.
Hoziroq:
Ro`yxatdan o`tish
Hafta futbolchisi
Krishtianu Ronaldu, yana bir bor hafta futbolchisi "Gremio"ga qarshi bahsda u kiritgan yagona gol yakunda "Qirollik klubi"ga finalda g'alaba keltirdi.