Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa

Pepe nega maydonga tushmayabti ? yoki Zidan uni asosiy tarkibga kiritishni xohlamaydimi?

Portugaliya terma jamoasi himoyachisi mashg'ulotlarda muammosiz ishtirok etmoqda.



Madridning "Real" klubi himoyachisi Pepe ushbu mavsumda ko'pchilik uchrashuvlarni jarohati sabab o'tkazib yubormoqda, shular jumlasidan "Atletik Bilbao"ga qarshi uchrashuvda ham Pepe hattoki qaydnomaga kiritilmadi. Sababi esa unda jarohat bor deya aytildi. Ammo "Atletik"ga qarshi uchrashuvdan so'ng Pepe Portugaliya terma jamoasi ixtiyoriga jo'nab ketdi va mana to'rt kundirki Kepler barcha mashg'ulotlarda muammosiz, umumiy guruh bilan qatnashmoqda. Portugaliya terma jamoasining shifokorlari bergan ma'lumotga ko'ra Pepeda hech qanday jarohat yo'q va shanba kuni bo'lib o'tadigan Vengriyaga qarshi uchrashuvda hech qanday muammosiz maydonga tushishi mumkin.

Hozirgi paytda jamoa murabbiylari va rahbarlari Pepe bilan yangi shartnoma borasida hech qanday muzokara o'tkazgani yo'q va ma'lumotlarga ko'ra Pepening yangi jamoasi Xitoy Superligasidan biri bo'lishi mumkin.

Garchi 34 yoshli himoyachi faoliyatini "Real"da davom ettirishni istasada, ko'p ehtimol bilan aprel va may oyi portugalning "qaymoqli" libos ostidagi so'nggi oyi bo'lishi mumkin.

Ushbu mavsumda Pepe barcha turnirlarda bor yo'g'i 16 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golga assistentlik qildi.

Manba: merengues.ru

Teglar: |
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Uxshash maqolalar
Barcha izohlar (0)