“Garet bilan hammasi joyida. Uning “Real” bilan kelishuvi yana ikki yil amalda bo'ladi. Unga Madridda hamma narsa yoqayapti, shu sabab u hech qaerga ketmaydi. Madriddagi barcha futbolchilar singari u ham yaxshi holatda. Albatta, Garetning xizmatlariga bir qator klublar qiziqish bildirishmoqda. Ammo uning talablarini qondira oladigan dunyoda boshqa biror klub bor deb hisoblamayman. Garet “Real”dan ketmaydi”, - deya Barnettning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.
Eslatib o'tamiz, ilgariroq Beyl 2019/2020 yilgi mavsumda muxlislar talqiniga ko'ra “Real”ning eng yomon futbolchisi deb topilgan. U joriy mavsumda qirollik klubi safida 16 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golga hammualliflik qildi.
Manba: www.championat.asia
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.