-

"Real" Benzemaga Bundesliga klubidan o'rinbosar topib qo'ydi

Madridning "Real" klubi Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Karim Adeyemiga qiziqish bildirmoqda.

"Football Espana" xabariga ko'ra, Madrid klubi 21 yoshli germaniyalik futbolchini keyingi mavsumda Karim Benzemaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

"Real" Benzemaga Bundesliga klubidan o'rinbosar topib qo'ydi

Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.

Adeyemi joriy mavsum barcha musobaqalarda 21 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. SHuningdek, u 4 ta sariq va 1 ta qizil kartochka oldi.

Manba: www.marca.com



8 4

Murod Obidovich
#HM | JURNALIST
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.