-

Eshitdik-da. Raul "Real"da Zidanning o'rnini egallashi mumkin

Ispaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Raul Gonsalos Blanko Madridning "Real Madrid" klubini boshqarishi mumkin.

43 yoshli mutaxassis ayni damda klubning zaxira jamoasida ishlamoqda.

Raul jamoa bosh murabbiyligi uchun davogarlar ro'yxatida bor. Ammo bosh davogar 48 yoshli Maurisio Pochettino hisoblanadi.

"Real Madrid"ni hozirda Zinedin Zidan boshqarmoqda. Ammo uning qo'l ostida jamoa La Ligada 3ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti.

Eslatib o'tamiz, 48 yoshli Zidanning klub bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Manba: www.championat.asia


0 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.