Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa

Ronalduning ijtimoiy tarmoqlardagi o'quvchilari "Yuventus"nikidan ikki martta ko'proq

Madridning "Real" klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni ijtimoiy tarmoqlarda butun "Yuventus" tarkibidagi futbolchilardan 2,3 barobar ko'proq odam kuzatib boradi.

Bunda gap Twitter, Instagram hamda Facebook tarmoqlarining umumiy ko'rsatkichi haqida boradi.

Portugaliyalik hujumchining uchta tarmoqdagi umumiy kuzatuvchilari 270 million kishini tashkil qiladi, deb ma'lumot bergan CupoNation kompaniyasi. "Yuventus" asosiy tarkibiga kiruvchi 26 nafar futbolchining umumiy o'quvchilari soni esa 117 millionga teng.Turinliklar sharafini himoya qilayotgan Dani Alvesh qolgan jamoadoshlaridan ilgarilab ketgan — 30 million o'quvchi. Braziliyalik futbolchi bu borada Krishtianudan 9-marta ortda qolib ketgan. "Real"ning barcha futbolchilarini umumiy743 million kishi kuzatib boradi. Bu"Yuventus" ko'rsatkichlaridan 6-marta yaxshiroq deganidir.

Eslatib o'tamiz, bugun 3-iyun kuni "Real" va "Yuventus" klublari Chempionlar ligasining finalida o'zaro to'qnash keladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.

Manba:www.stadion.uz - Zuhriddin

Teglar: |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Uxshash maqolalar
Barcha izohlar (2)

Sizdan uzr so`raymiz, ushbu yangilikga fkir bildirolmaysiz!!!
Fkir qoldirish uchun avval ro`yxatdan o`ting.
( Hoziroq ro`yxatlanish )

Zuhriddin Zuhriddin
Javob qaytarish
(3 Iyun 2017 10:47)
¿Cuánto sabes de la Cha

Sizdan uzr so`raymiz, ushbu yangilikga fkir bildirolmaysiz!!!
Fkir qoldirish uchun avval ro`yxatdan o`ting.
( Hoziroq ro`yxatlanish )

El Capitano El Capitano
Javob qaytarish
(3 Iyun 2017 11:25)
Zuhriddin uka biroz yangiliklarni chiqarishda e'tiborli bo'ling va tartib bilan tekshirib chiqing imloviy xatolar ko'payib ketayabdi sizda!