HALA-MADRID.UZ | REAL MADRID
Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa

Zidan «Real» boshqaruvida qolsa, Morata jamoadan ketadi


Madridning "Real" klubi hujumchisi Alvaro Morata jamoadagi holatidan juda norozi bo'lmoqda.

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi asosiy tarkibda ko'p o'ynamayapti va bu holat unga ma'qul emas. Shu bois Morata yozda jamoadan ketishni maqsad qilgan. Agar Zinedin Zidan "Real" boshqaruvida qolsa, Morata jamoadan ketishga qat'iy ahd qilgan.

Hujumchi o'z agentidan boshqa jamoa qidirishni so'ragan. Ayni vaqtda Morataga "Yuventus", "Chelsi" va "Arsenal"dan qiziqish bor.

Morata joriy mavsum Ispaniya chempionatida 13 ta o'yinda maydonga tushdi va shundan 6 tasini asosiy tarkibda boshlab, 5 ta gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

manba: fut.uz


Muallif: Abdurasul

» Teg: |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Barcha izohlar (0)

Hurmatli foydalanuvchi ro`yxatdan o`tmasangiz, ushbu maqolaga fikr bildirolmaysiz.
Izoh qoldirish uchun avval ro`yxatdan o`ting !!!
( Hoziroq ro`yxatlanish )

Hafta futbolchisi
Garet Beyl qaytdi va qaytishini "Real Sosedad" darvozasiga urilgan chiroyli goli bilan nishonladi, undan tashqari ajoyib o`yin o`tkazidi.