Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa

Zinedin Zidan: Messi ikkita gol urdi, ammo maydonda faqat u o'ynagani yo'q

Real ustozi Zinedin Zidan Barselonaga qarshi o'yindan so'ng (2:3) o'z fikrlarini bildirdi.
Uchrashuv davomida ko'plab vaziyatlar yaratdik. O'yinni o'z qo'limizga ololmadik. Agar shunday vaziyatlarda gol ura olmasang barchasiga tayyor turishing kerak.


" Natijadan xafsalamiz pir bo'ldi. 10 kishi bo'lib hisobni tenglashtirsang ko'proq birgalikda himoyalanish haqida o'ylash kerak. Biz esa uchinchi golni urishga ishongandik.

Men o'yinda hech nimani o'zgartirmagan bo'lardim. CHempion nomi hali malum emas, keyingi o'yin haqida o'ylash lozim. Messi jamoasiga g'alaba keltirdi. Bugun ikkita gol urdi, ammo maydonda faqat u o'ynagani yo'q " ,
– deydi Zidan.

Manba: CA

Teglar: |
Telegramda bizga qo`shiling!
Iltimos, saytimizning ravnaqi yo’lida o’zingizga yoqqan xabarni ijtimoiy tarmoqlardagi do’stlaringiz bilan o’rtoqlashing!
Uxshash maqolalar
Barcha izohlar (0)