Benzema "El-klasiko"da Xavi va Messilarni ortda qoldirib, Gvardiolaga yetib oldi


Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema "Barselona" klubiga qarshi o‘yinlarda golli uzatmalarni ko‘p amalga oshirmoqda.

Ispaniya La Ligasining 7-turida o‘rin olgan bahsda Federiko Valverdening kiritgan golidan keyin Fransiyalik hujumchi o‘z hisobida assistentlik yozib qo‘ydi.

Ushbu golli uzatma Benzemaning "El-klasiko"lardagi oltinchi assistentligi bo‘ldi. "Barselona" futbolchilari - Lionel Messi va Xavilar hisobida beshtadan assist bor.

Qolaversa, Benzema Xosep Gvardiolaning natijasini takrorladi. "Manchester Siti" bosh murabbiyi futbolchilik faoliyatida "Real"ga qarshi o‘yinlarda oltiga golga hammualliflik qilgan.

Manba:
CA


1 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Izoh qoldirish

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив