Benzema LaLiga assistentlari ro'yxatida 3-o'ringa chiqib oldi


"Real" hujumchisi Karim Benzema LaLigada faoliyat olib borayotgan futbolchilar orasida assistentlik bo'yicha 3-o'ringa ko'tarilib oldi.

Ispaniya chempionatining 3-turi doirasida Benzema bir golga assistentlik qildi va bu uning uchun 82-chisi bo'ldi. Ushbu natijada Benzema "Barselona" hujumchisi Leo Messi (183) va "Betis" xavbeki Xoakin Sanches (89)dan ortda qolmoqda.

32 yoshli Benzema "Real" tarkibida 2009 yildan buyon faoliyat olib bormoqda. "Qirollik klubi" tarkibida u 515 o'yinda 249 gol va 136 assist qayd etdi.

Uning shartnomasi 2022 yilga qadar amal qiladi.

Manba: www.championat.asia


0 0
Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.