-

Raul qo'l ostidagi "Real" UEFA O'smirlar ligasida g'olib bo'ldi (+foto)

 Madrid klubi UEFA O'smirlar ligasi g'olibiga aylandi.

Finalda ispan klubi Lissabonning "Benfika" jamoasini 3:2 hisobida taslim etdi.

Madridliklar 1-bo'limdan so'ng Pablo Rodriges va Enrike Jokuning avtogoli evaziga 2:0 hisobida oldinga chiqib oldi. 49-daqiqada esa Gonsalu Ramos gol urdi va hisob qisqardi. 50-daqiqadayoq "Real" Migel Guterresning goli evaziga ishonchli hisobga qaytdi.

57-daqiqada "Benfika" hujumchisi Ramos dubl qayd etdi va o'yinga intrigani qaytardi. Lissabonliklar 68-daqiqada hisobni tenglashtirishlari mumkin edi, ammo Dantas penaltini golga aylantira olmadi.

Bu "Real"ning UEFA O'smirlar ligasidagi ilk g'alabasi. Qayd etish kerakki, Madrid jamoasini sobiq mashhur futbolchi Raul boshqarmoqda.

Raul qo'l ostidagi "Real" UEFA O'smirlar ligasida g'olib bo'ldi (+foto)



Manba: CA


1 0

Saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o'zingizga yoqqan yangilikni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!

Информация
Комментировать статьи на сайте возможно только в течении 20 дней со дня публикации.