Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Barselona"ga qarshi bahsda "Real Madrid" Ronaldusiz o'ynaydi


"Qirollik klubi" ustozi Zinedin Zidan jamoa hujumchisi Krishtianu Ronalduning yuklamalari oshib ketmasligini istamoqda.

Fransuz murabbiy so'nggi mavsumda shunday uslubning foydaliligini tushundi va Portugaliya terma jamoasi futbolchisi hamma bahsda ham maydonga tushishi kerak emas deb hisoblaydi.

Ronaldu 22-29 iyul kunlari AQSHda bo'lib o'tadigan Xalqaro chempionlar kubogi bahslarida ishtirok etmaydi. Musobaqada "Qirollik klubi" "Yuventus", "Manchester Yunayted" va "Barselona" bilan o'ynaydi.

32 yoshli Ronaldu 8 avgust kuni Makedoniyada bo'lib o'tadigan "Manchester Yunayted"ga qarshi UEFA Superkubogi uchun bahsda ham ishtirok etmasligi mumkin.

Manba: CA


Muallif: El Capitano |
Teg: Krishtianu Ronaldu
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (2)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
Hafta futbolchisi
Toni Kroos | "Galatasaray"ga qarshi bahsda ajoyib gol urdi va uning goli yakunda "Real Madrid"ga g'alaba keltirdi.