Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

"Real Madrid" Los-Anjelesda (+ foto)


Madridning "Real" klubi 2017/18 mavsumga tayyorgarlik ko'rish uchun Los-Anjelesga etib keldi.

"Qirollik klubi" AQSHga 26 futbolchi bilan etib keldi. Ularning orasida hujumchi Krishtianu Ronaldu va himoyachi Serxio Ramos yo'q.

"Real Madrid" Los-Anjelesda (+ foto)
Bir necha kun oldin xayriya uchrashuvida ishtirok etgan "Qirollik klubi" ustozi Zinedin Zidan

"Real Madrid" Los-Anjelesda (+ foto)
"Real"ning 26 futbolchidan iborat tarkibiga jarohatidan deyarli qutilgan Garet Beyl ham kiritildi


"Real" AQSHga olib ketgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:
Keylor Navas, Kiko Kasilya, Ruben Yanez, Luka Zidan.

Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Rafael Varan, Nacho, Marselo, Teo Ernandes, Danilo, Texero, Ashraf, Manu Ernando.

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Karlos Kasemiro, Luka Modrich, Mateo Kovachich, Oskar, Franku.

Hujumchilar: Karim Benzema, Lukas Vaskes, Alvaro Morata, Dani Gomes.

"Real Madrid" Los-Anjelesda (+ foto)
AQSHga yo'l olganlar orasida "CHelsi" xarid qilmoqchi bo'lgan Alvaro Morata bor


"Qaymoqranglilar" SHimoliy Amerika mamlakatida bo'lib o'tadigan yig'in doirasida 4 ta bahs o'tkazishadi. Ularning 3 tasi Xalqaro CHempionlar Kubogi doirasida bo'lib, "Qirollik klubi" futbolchilari "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Barselona"ga qarshi o'ynashadi. SHu bilan birga, Madrid jamoasi 3 avgust kuni MLS yulduzlari jamoasi bilan ham uchrashuv o'tkazadi.

"Real"ning keyingi 5 ta uchrashuvi:
23 iyul - "Manchester Yunayted" (Xalqaro CHempionlar Kubogi)
27 iyul - "Manchester Siti" (Xalqaro CHempionlar Kubogi)
30 iyul - "Barselona" (Xalqaro CHempionlar Kubogi)
3 avgust - MLS yulduzlari (o'rtoqlik)
8 avgust - "Manchester Yunayted" (UEFA Superkubogi).

Ma'lumot uchun, o'rtoqlik uchrashuvining chiptalari narxi 10 ming dollarga etdi

"Real Madrid" Los-Anjelesda (+ foto)
Zinedin Zidan shogirdlari AQSHdagi yig'inda "Barselona" bilan uchrashuv o'tkazadi

Manba: CA


Muallif: El Capitano |
Teg: Real Madrid
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.