Ro`yxatdan o`tish Bosh sahifa
Reklama

Rasman "Portu" prezidenti Santyago Bernabeu rekordini yangiladi


"Portu" prezidenti Pintu da Koshta klub rahbari bo'lib ishlash muddati bo'yicha yangi rekord o'rnatdi.

Da Koshta prezident lavozimida 34 yil, 8 oy, 19 kundan buyon ishlamoqda. Natijada, 79 yoshli rahbar "Real" klubining prezidenti Santyago Bernabeu tomonidan o'rnatilgan rekordni yangiladi. U 1943 – 1978 yillarda "Qirollik klubi"ni boshqargan edi.

Da Koshtaning prezidentlik yillarida "Portu" 20 marta Portugaliya chempioni bo'ldi, 12 marta Kubok, 19 marta Superkubokni qo'lga kiritdi.

Bundan tashqari, jamoa ikki marta YECHL g'olibi (1987, 2004), bir marta UEFA kubogi g'olibi (2003), bir marta YeL g'olibi (2011) va bir marta UEFA Superkubogi g'olibi (1987) bo'lgan.

Manba: www.stadion.uz


Muallif: El Capitano |
Teg:
Iltimos, saytimiz yanada rivojlanishi uchun, o`zingizga yoqqan xabarlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqating!
Barcha izohlar (0)
Siz yangilikga fikr bildirmoqchi yoki boshqalarni fikrni o'qimoqchi bo`lsangiz, avval ro`yxatdan o`ting!
Hoziroq: Ro`yxatdan o`tish
Reklamaga
King of the mach
Toni Kroos | "Selta"ga qarshi kechgan bahsda yarim himoyada ajoyib o'yin ko'rsatdi va gol ham urdi. U (8.2 ball) jamg'arib uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.